Ndombele: "Tottenxem"da 5 murabbiy bilan ishladim, nimanidir o'zgartirish kerak edi"

Mirjalol Normatov
3 fev 2022, 00:16
Yarim himoyachi Tangi Ndombele "Tottenxem"dan "Lion"ga o'tishi borasida gapirdi.

"Tottenxem"da 5 murabbiy (Maurisio Pochettino, Joze Mourinyu, Rayan Meyson, Nunu Eshpiritu Santu va Antonio Konte) qo'l ostida o'ynadim. Bu ikki yil uchun juda-juda ko'p.

Shu sababli nimanidir o'zgartirishim kerak edi. Ammo hali ham "Tottenxem"ga tegishliman. Balki kelasi mavsumda ushbu jamoa tarkibida o'ynarman", - dedi francuz.

Ndombele 2019 yilning yozida London jamoasi tarkibiga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal