Ndombele 63 million evro evaziga APL klubiga o'tadi

30 iyun 2019, 16:45
"Lion" yarim himoyachisi Tangi Ndombele faoliyatini "Tottenxem" klubida davom ettiradigan ko'rinadi.

Yaqin vaqtlar ichida tomonlar 22 yoshli xavbekning so'nggi transfer ishlari bo'yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda. "Tottenxem" jamoasi fransiyalik uchun 63 million evro to'laydi. Futbolchining o'zi 5 yillik shartnomaga rozilik bergan.

Ndombelening o'tgan mavsumgi o'yinlari "shporlar" ustozi Maurisio Pochettinoda ijobiy taassurot qoldirgan. 

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Manba: tf1.fr