Nazorat uchrashuvi. Tosno (Rossiya) – Lokomotiv 3:1

Narzulla Saydullayev
2 fev 2015, 11:05
Toshkentning Lokomotiv klubi Turkiyadagi yig'inini davom ettirmoqda.
Dastlabki rejaga ko'ra 1 fevral kuni "temiryo'lchilar" Ruminiyaning "Brasov" klubiga qarshi o'ynashlari kerak edi.

Biroq kecha Vadim Abramov shogirdlari Rossiya birinchi divizioni ishtirokichisi "Tosno" klubi bilan o'ynashdi. Bahsda Rossiya klubi 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tosno (Sankt Peterburg viloyati) – Lokomotiv (Toshkent, O'zbekiston) – 3:1 (2:1)
Tosnoning gollari
: Xadarcev B., 10, 26; Sultonov M., 70.


"Lokomotiv"ning keyingi raqiblari:
4 fevral. "Sioni" (Gruziya)
7 fevral. "Ordabasi" (Qozog'iston)
10 fevral. "Irtish" (Qozog'iston)
13 fevral. "Daugava" (Latviya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia