Nazorat uchrashuvi. “Neftchi” – “Istiqlol” (Tojikiston) 2:1

Narzulla Saydullayev
14 fev 2015, 07:49
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan farg'onaliklar 13 fevral kuni ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Avval xabar berganimizdek, “Neftchi”ning sparring-raqibi Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bo'ldi.

Bahsda Murod Ismoilov shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Farg'onaliklar safida Sherzod Hakimov va Akmal Xolmatov gol urishdi.

“Neftchi” - "Istiqlol" 2:1
"Neftchi"ning gollari: Sherzod Hakimov, Akmal Holmatov 
“Neftchi”: Evgeniy Cheremesin, Shukurali Po'latov, Jahongir Mehmonov, Aybek Nurboev, Dilyorbek Ermatov, Umid Qodirov, Kamronbey Kapadze, Mansur Saidov, Sherzod Hakimov, Akmal Xolmatov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan tushganlar: Sardor Rahmonov, Abdulloh Olimov, Abbos Maxstaliev, Javohir Rasulov, Murod Bobojonov, Otabek Haydarov, Zokirjon Nurmatov, Muhsin Ubaydullaev.

Darvoqe, Baxtiyor Yoqubovning jarohati borligi tufayli maydonga tusha olmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia