Nazorat o'yini. "Qo'qon-1912" derbida 4:3 hisobida g'alaba qayd etdi

Mirjalol Normatov
21 mar 2025, 20:58
Bugun "Qo'qon-1912" jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Unda qo'qonliklarga raqib sifatida Farg'ona viloyatining Pro-ligada ishtirok etuvchi vakili FarDU jamoasi tanlab olindi. Bahsda "Qo'qon-1912" 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvda Shahzod Beshimov dubl qayd etgan bo'lsa, Muhammadanas Hasanov va Ibrohimjon Muxtorov bittadan gol urishga erishdi.

FarDU - "Qo'qon-1912" 3:4

Gollar: Bahodir Abduvaliev (1:0), Shahzod Beshimov (1:1), Abduxoliq Qurbonov (2:1), Shahzod Beshimov (2:2), Muhammadanas Hasanov (2:3), Ibrohim Muxtorov (2:4), Samandar O'rinboev (3:4).

FarDU asosiy tarkibi: Islom Asrolov, Shodiyor Xojimatov, Abduxoliq Qurbonov, Axror O'ktamov, Ismoil Oxunjonov, Abdulloh Olimov, Asad Zokirjonov, Sherzod Qodirov, Doston Rashidov, Sherali Rasulov, Bahodir Abduvaliev.

FarDU jamoasi matbuot xizmati jamoaning tarkibini e'lon qilgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" bu ma'lumotni ochiqlamagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia