Nazorat o'yini. "Bunyodkor" "So'g'diyona"ni mag'lub qildi

Mirjalol Normatov
21 mar 2025, 20:47
"Bunyodkor" akademiyasi maydonida Ilyos Zeytullaev boshqaruvidagi "qaldirg'ochlar" "So'g'diyona"ga qarshi nazorat o'yinida qatnashdi.

Yopiq eshiklar ostida o'tgan o'yinda Toshkent jamoasi 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

"Bunyodkor" jamoasidan gollarni Azizbek Amonov, Temurxo'ja Abduxoliqov hamda Nosir Abdusalomov kiritdi. "So'g'diyona" jamoasidan kimlar darvozani ishg'ol qilgani ochiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia