Naynggolan "Roma"da qoladimi?

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017, 14:26
Yarim himoyachi Raja Naynggolan yozgi transfer oynasida "Roma"ni tark etmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishib olishgan.

Belgiyalik futbolchi o'tgan yozda "Chelsi"ga o'tishdan bosh tortgan edi, rimliklar esa kelishuv shartlarini yaxshilashga vada bergandi. Ammo tomonlar yangi bitimning shartlarini kelisha olishmagandi.

Italiya OAVning ma'lum qilishicha, kelishmovchilik bartaraf etildi va yaqin vaqt ichida "Roma" Naynggolan bilan yangi shartnoma tuzganini e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Messaggero