Naynggolan Rimga qaytmoqchi

Bu haqda Calcio Mercato xabar qildi.

"Kalyari" klubi markziy yarim himoyachisi Raja Naynggolan faoliyatini "Roma"da davom ettirish istagini bildirgan. Muammo shundaki, futbolchining transfer huquqi "Inter"ga tegishli, milanliklar uni bepul qo'yib yuborishlari dargumon. Bundan tashqari, "neradzurrilar" rahbariyati ijara to'g'risidagi takliflarni ham ko'rib chiqmaydi, faqat Naynggolanni xarid qilmoqchi bo'lgan jamoalar bilan muzokara o'tkazilishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi "Inter"ga aynan "Roma" safidan kelib qo'shilgangandi (2018 yil), ammo jamoada o'z o'rnini topa olmadi.


Manba: Calcio Mercato