"Navruz Cup-2022". Bugun final!

Eldor Akmurzayev
29 mar 2022
Bugun, 29 mart kuni "Navruz Cup-2022" musobaqasining final va uchinchi o'rin uchun o'yinlari bo'lib o'tadi.

3-o'rin uchun kechadigan o'yin 15:30 da start oladi hamda Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi bahsni Akobirxo'ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo'ja Shavkatov va Aleksandr Sidorov yordam beradi. Rustam Lutfullin esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi. 

19:00 da boshlanadigan Uganda va O'zbekiston o'rtasidagi final uchrashuvida bosh hakamlik Sayyodjon Zayniddinovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi esa Nasrullo Kabirovga yuklatilgan. 

O'FA matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, vakillarimiz hal qiluvchi bahsda to'liq oq rangda maydonga tushadigan bo'lishdi, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi.

"Navruz cup-2022". Final.

19:00, O'zbekiston - Uganda

"Markaziy" stadion, Namangan

Bosh hakam: Sayyodjon Zayniddinov

Qanot hakamlari: Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev

Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати