"Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan "Mashal"da yo'qotishlar bor

14 mar 2015, 10:35
Bugun “Navbahor” – “Mashal” jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.
Mazkur o'yinda muborakliklar safida bir qator futbolchilar maydonga tusha olmaydi. Xususan “gazchilar”ning biryo'la besh nafar o'yinchisi qatnasha olishmaydi.

Bular Shahzod Shaymonov, Abdulla Nabiev, Firdavs Asadov, Abbos Shodmonov va Siroj Xamroev.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 16:00da boshlanadi.

Manba: fcmashal.uz