

Bu haqda klubning Telegramdagi kanali ma'lum qildi. Serbiyalik murabbiy jamoaning jismoniy holatiga javob beradi.
"Boshkovich 1993 yilning 10 mayida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug'ilgan. Murabbiylik faoliyati davomida “Metalak” (Serbiya), “Nankin Siti” (Xitoy), “Al-Batin” (Saudiya Arabistoni), “Kazma SK” (Quvayt), “Vista” (Rossiya) va “Botev Plovdiv” (Bolgariya) klublarida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan.
Bundan tashqari, Germaniyaning “Ayntraxt” klubida Catapult mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan" - deyiladi "lochinlar" e'lon qilgan yangilikda.




