"Navbahor": Tayyorgarlik Toshkentda davom ettiriladi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2016, 16:44
Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin murabbiylar futbolchilarga bir kunlik dam olish e'lon qilishgandi.
Bir kun davomida hordiq chiqargan jamoamiz a'zolari bundan biroz vaqt oldin Toshkentdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida to'planishdi. Jamoamiz a'zolari Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda tayyorgarlikni poytaxtda olib borishadi. Bugun soat 18.30 da futbolchilarimiz dastlabki mashg'ulotni o'tkazishadi. Ikki kun davomida Toshkentda mashg'ulot o'tkazilgach, jamoamiz a'zolari Navoiy viloyati sari yo'lga chiqishadi. “Qizilqum” bilan o'tadigan uchrashuvda sariq kartochkalari soni to'rttaga etgan Dilshod Jabborov ishtirok eta olmaydi. Aksincha Qo'qondagi kubok bahsida qizil kartochka olgan Xayrulla Karimovni diskvalifikaciya muddati yakunlanganligi sababli Navoiyda maydonga tushish imkoniga ega bo'ladi. Navoiydagi uchrashuv 16 iyun kuni soat 19.30 da boshlanishi haqida “Qizilqum” futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi. Bir kun oldin bo'lib o'tadigan yoshlar birinchiligidan o'rin olgan o'yinni 16.00 da boshlash rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz