

Bugungi mashg'ulotni jamoa Namangandagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazishdi. Bundan biroz vaqt oldin yakunlangan mashg'ulotda rosssiyalik himoyachi Igor Golbandan boshqa barcha futbolchilar qatnashishdi. Golbanda kichik jarohat borligi sababli mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Tez orada himoyachini safga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yin 25 mart kuni soat 16.00da “Markaziy” o'yingohda boshlanadi.



