"Navbahor": Tayyorgarlik qizg'in ruhda davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
23 mar 2016, 20:20
"Navbahor" futbolchilari mamlakat kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan “Qo'qon-1912”ga uchrashuviga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Bugungi mashg'ulotni jamoa Namangandagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazishdi. Bundan biroz vaqt oldin yakunlangan mashg'ulotda rosssiyalik himoyachi Igor Golbandan boshqa barcha futbolchilar qatnashishdi. Golbanda kichik jarohat borligi sababli mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Tez orada himoyachini safga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yin 25 mart kuni soat 16.00da “Markaziy” o'yingohda boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz