

Jamoamizga vaqtinchalik qarorgoh vazifasini O'zbekiston mudofaa vazirligiga qarashli bo'lgan mehmonxona o'tab beradi. Mashg'ulotlar ham shu erning o'zida joylashgan sport inshootlarida bo'lib o'tadi. Bundan biroz vaqt oldin futbolchilarimiz dastlabki mashg'ulotni yakuniga etkazishdi. Tarkibdagi yangiliklar xususida gap ketganida, safga avval xabar berganimizdek Islom Isoqjonov qo'shildi. Bundan tashqari jarohat sababli ancha vaqtdan beri maydonga tusha olmayotgan himoyachi Aziz G'ulomxo'jaev ham mashg'ulotlarga qo'shildi. Dastlabki yig'inda qatnasha olmagan tajribali posbon Aleksandr Korniychuk ham ayni paytda jamoamiz bilan birga. Kechki payt jamoamiz a'zolari bugungi kunga rejalashtirilgan ikkinchi mashg'ulotni o'tkazishadi.



