“Navbahor” – “Qo'qon-1912”: 26-uchrashuv arafasida

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2018, 09:08
Ertadan Superliga 15-tur o'yinlariga start beriladi. "Qo'qon-1912" ertaga Namanganda “Navbahor” mehmoni bo'ladi.

Vodiy derbisiga oid statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

 

O'zaro o'yinlar
“Qo'qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 25 bor kuch sinashishgan. 6 ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. “Navbahor” 15 ta o'yinda g'alaba qozongan. 4 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 50-28. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 49 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 22 ochkoni qo'lga kiritgan.

Namanganda o'tgan so'nggi uchrashuvlar:

1992 yil

“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 2:0

1993 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 2:1

1994 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” 1:0

1995 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” 1:0

1995 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” 4:1

1998 yil

“Navbahor” – “Qo'qon-1912” 4:2

1999 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 2:1

2000 yil
“Navbahor” – “Temiryo'lchi” – 5:4

2002 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 2:0

2003 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 5:1

2015 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 2:1

2016 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 5:1

2017 yil
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” – 1:1

 
Eski tanishlarning beshinchi to'qnashuvi
Ushbu bahsda eski tanishlar – “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi No'mon Hasanov va “Navbahor” ustozi Ilhom Mo'minjonovlarning navbatdagi to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.
Mo'minjonov “Navbahor”ni qabul qilib olganidan beri “Qo'qon-1912”ni mag'lubiyatga uchrata olgani yo'q. O'tkazilgan o'yinlarning ikkitasida durang qayd etilgan ikkita uchrashuvda “Qo'qon-1912″ning qo'li baland kelgan.

 

Hakamlar
Yakshanba kuni Namanganda bo'lib o'tadigan “Navbahor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.


Superliga. 15-tur
10 iyun (yakshanba)
“Navbahor” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: 
A. Asimov, R. Shoyaxmetov, A. Kalinin, D. Karimov.
Nazoratchi – N. Lutfullin.
Komissar – L. Qo'chqorov.

Boshlanish vaqtlari
Mazkur uchrashuv 10 iyun kuni Namangandagi “Markaziy” stadionda soat 19:02da start oladi. Bugun esa To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida ushbu jamoalarning o'rinbosarlari maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz