"Navbahor" Ozarbayjon klubi ustidan g'alaba qozondi

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2026, 21:52
Namanganning "Navbahor" jamoasi nazorat uchrashuvi doirasida Ozarbayjonning "Zirya" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli va hujumkor ruhda o'tgan bahs vakillarimizning 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv davomida "Navbahor" safida kiritilgan gollarga Diyor Xolmatov, Quvondiq Ro'ziev va Muhammadali Usmonov mualliflik qilib, jamoaning muvaffaqiyatini taminlashdi. Raqib jamoaning mazkur o'yindagi yagona javob to'pi esa Egor Bogomolski tomonidan kiritildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia