"Navbahor": Murod Zuhurov varianti olib tashlandimi?

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 15:48
Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Navbahor" jamoasi o'z tarkibini yanada kuchaytirish uchun ayrim o'yinchilar bilan kelishuvga erishish uchun harakat qilmoqda.
Kecha jamoa yig'iniga "Bunyodkor" posboni Murod Zuhurov qo'shilishi mumkinligini aytgandik. Ma'lumotlarga qaraganda, Zuhurov mavsum oxirigacha "qaldirg'ochlar" safini tark etmoqchi emas. Shu bois murabbiylar boshqa darvozabon nomzodini ko'rishayotgan bo'lsa, ajabmas. Bizga aytishlaricha, ayni paytda "Neftchi" safida to'p surayotgan Sardor Qobuljonov "Navbahor" yig'iniga qo'shilishi mumkin. Darvozabon "lochinlar" safida o'ynashga qarshi emas, lekin murabbiylar hozircha bir to'xtamga kelishmadi.

Shukurali Po'latov masalasi ijobiy tomonga hal bo'layotganligi haqida ma'lumotlar bor. Moldovalik hujumchining safga qo'shilishi esa biroz kechiktirilmoqda. Hujjat ishlari bois hujumchi kelgusi hafta yig'inga qo'shilishi mumkin, lekin uning kelish-kelmasligi mavhum. Ulug'bek Baqoev to'g'risidagi gap-so'zlar o'zini oqlamadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lochinlar.asia