"Navbahor": "Metallurg" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2017, 20:28
Muborakda "Mashal" qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng qisqa muddat dam olish imkoniga ega bo'lgan "Navbahor" jamoasi a'zolari bugun Namanganda to'planishdi.

Kunning ikkinchi yarmida klub qarorgohiga yetib kelgan futbolchilar "Metallurg" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlashdi. Jamoamiz a'zolari qisqa muddatlik tatildan so'ng dastlabki mashg'ulotni o'tkazishga ulgurishdi. Eslatib o'tamiz Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan o'tadigan o'yin 16 sentyabr kuni Namangandagi "Markaziy" o'yingohda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz