

Kunning ikkinchi yarmida klub qarorgohiga yetib kelgan futbolchilar "Metallurg" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlashdi. Jamoamiz a'zolari qisqa muddatlik tatildan so'ng dastlabki mashg'ulotni o'tkazishga ulgurishdi. Eslatib o'tamiz Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan o'tadigan o'yin 16 sentyabr kuni Namangandagi "Markaziy" o'yingohda bo'lib o'tadi.




