"Navbahor" legioner hujumchisi klubdan ketadi, Jokich qoladi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2022, 14:42
Namanganning "Navbahor" jamoasi legionerlari bilan bog'liq ma'lumotlar xususida to'xtalamiz.

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, Coca Cola Superligasi joriy mavsumida 25 ta bahsda qatnashib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan hujumchi Zoran Marushich klubni tark etadi.



Jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri, chempionat doirasidagi 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritgan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich esa jamoada qoladigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia