"Navbahor": Besh nafar futbolchi bilan shartnoma tuzildi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2017, 14:13
Mavsumlar oralig'ida "Navbahor" safiga kelib qo'shilgan futbolchilar bilan shartnoma tuzish ishlari davom etmoqda.

Bundan biroz vaqt oldin besh nafar futbolchini yangi mavsumni “Navbahor”da o'tkazishi rasman hal etildi. Xususan jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashishni boshlagan tajribali futbolchilar Oybek Qilichev, Mansur Saidov va iqtidorli futbolchi Asilbek Omonovlar bilan shartnoma imzolandi.

Shuningdek, o'tgan mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilgan himoyachi Tohir Shamsitdinov va yarim himoyachi A'zam Alievlar bilan amaldagi shartnoma muddatlari uzaytirildi. Bunga qadar Jahongir Mehmonov, G'iyos Komilov, Mirzohid G'ofurov, Ro'zimboy Ahmedov, Nemanya Yovanovich, Alisher Samatovlar bilan ham kelishuvga erishilib, jamoa sardori Dilshod Jabborov va mahoratli yarim himoyachi Azizbek Turg'unboevlar bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz