Navas yanvarda “Real”ni tark etmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 20:01
“Real”ning kosta-rikalik posboni Keylor Navas yanvarda klubni tark etishga qaror qilgan, deya xabar bermoqda Sport.es.

Xabarlarga ko'ra, Navas “qirollik klubi”da zaxira posboniga aylanib qolganidan xafa va rahbariyatdan qishki transfer oynasi vaqtida boshqa jamoaga o'tishi haqida aytmoqchi.

Eslatib o'tamiz,  yozgi transfer oynasi vaqtida “Real” “Chelsi”dan belgiyalik Tibo Kurtuani 35 million evroga sotib olgandi.

31 yoshli Navas 2014 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Madridliklar safida u Ispaniya chempioni, uch bor YCHL g'olibligiga erishgan. Joriy mavsumda u La Ligada ikkita bellashuvda maydonga tushdi va bitta gol o'tkazdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es