Navas PSJga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
28 avg 2019, 23:39
"Real" darvozaboni Keylor Navas PSJga o'tishga yaqin.

Darvozabon "blankos"dagi holatidan mamnun emas. U jamoa tarkibida faqatgina Ispaniya Kubogida o'ynashi kamlik qilmoqda. Shu boisdan u bugun jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan suhbat o'tkazdi. Bunda posbon jamoadan ketish istagi borligini aytib o'tgan.

O'z navbatida Zidan avvaliga bunga qarshilik qilgan. Biroq hozirgi holatni hisobga olgan holda u bunga rozilik bergan. Navas PSJ bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Uning transferi ertaga, yani, payshanba kuni PSJga o'tgani e'lon qilinishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca