

"Biz har bir uchrashuvda uch ochko uchun harakat qilishimiz lozim. So'nggi turlarni yaxshi o'tkazdik, ammo g'alaba qozonishda davom etishimiz shart. Futbolchilar o'ziga ishonmoqda va biz birgalikda maqsadimizga intilyapmiz. "Chelsi" - xavfli raqib. Shanba kungi bahs mavsumning bu bosqichidagi eng og'irlaridan biri bo'ladi va xato qilish uchun haqqqimiz bo'lmaydi.
Doimo murabbiyimizni qo'llab kelganmiz. U har kuni katta xajmdagi ishni bajaradi va yaxshi natijalarga munosib. Manuel Pellegrini - talabchan murabbiy va u doimo futbolchilardan o'zining yuqori darajasida bo'lishini istaydi" - deydi Navas.


