"Nasaf"ning bir yo'la 14 futbolchisi qishda klubdan ketishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 okt 2024, 12:39
O'zbekiston Superligasida mavsum yakuniga yetib bormoqda.

Chempionlikka juda yaqin turgan "Nasaf"ning qaysi futbolchilarining shartnomasi yil oxirida yakuniga yetishiga e'tibor qaratdik. Asosiy tarkibning bir yo'la 14 nafar futbolchisining "ajdarlar" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi va ular erkin agent sifatida klubni tark etish huqiqga ega bo'lishadi. Bundan tashqari shartnoma muddati tugashiga 6 oydan kam qolgan futbolchi boshqa klub bilan muzokara o'tkazishga haqli. Faqat muzokara o'tkazishdan avval amaldagi klubiga bu haqda ma'lum qilishi talab etiladi.

Qishda erkin agentga aylanadigan "Nasaf" futbolchilari ro'yxati:

Umidjon Ergashev
Abduvohid Ne'matov
Shuhrat Muhammadiev
Sherzod Nasrullaev
Akmal Mozgovoy
Javohir Sidiqov
Sharof Muhitdinov
Viktor Da Silva
Doniyor Narzullaev
Jaba Jigauri
Oybek Bozorov
Marko Stanoevich
Bobir Abdixoliqov
Zoran Marushich


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia