"Nasaf": Yangi futbolchilar ommaga tanishtirildi (fotolar)

Narzulla Saydullayev
4 avg 2017, 20:06
Bugun “Nasaf” PFK davralar oralig'ida o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Rasmiy tanishtiruv marosimi “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo'lib o'tdi. Anjumanda OAV vakillari, klubimizning ko'plab ishqibozlari ishtirok etishdi.

Tanishtiruv marosimida dastlab klubimiz bosh menedjeri SH.S.Yarulin, yig'ilganlarga shu paytgacha klubda bo'lgan o'zgarishlar, “Markaziy” stadionda bo'layotgan yangiliklar haqida so'zlab berdi. Klubimiz rahbari shuningdek jamoamizdagi tranferlar to'g'risida ham ma'lumot berib o'tdi.



Shundan so'ng jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev so'zga chiqib, ikkinchi davraga tayyorgarliklar to'g'risida gapirib berdi. Jamoamizni tark etgan o'yinchilar va yangi qo'shilgan futbolchilar haqida ham so'z bordi.

Marosimning rasmiy qismida tarkibimizga qo'shilgan yangi futbolchilarga raqamlar aks etgan futbolkalar topshirildi.

Tajribali yarim himoyachimiz Jasur Hasanov 77-raqamli futbolka, iqtidorli himoyachimiz Umarbek Eshmurodov esa 92-raqamli futbolkalar tantanali topshirildi.

Yangi futbolchilarimiz haqidagi umumiy ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.


Jasur Hasanov

Tug'ilgan sanasi: 2 avgust 1983 yil (34 yosh)

Tug'ilgan joyi: Jizzax shahri

Bo'yi: 170 sm

Og'irligi: 67 kg

 Ampluasi: chap qanot yarim himoyachisi

Raqami: 77

Fuqaroligi: O'zbekiston Respublikasi

O'ynagan klublari:

1999 - 2002  yillar – “So'g'diyona” klubi, Jizzax shahri

2003 - 2004 yillar – “Navbahor” klubi, Namangan shahri

2005 – 2006 yillar – “Mashal” klubi,  Muborak shahri

2007 - 2010 yillar – “Bunyodkor” klubi, Toshkent shahri

2010 - 2011 yillar -  “Lahviya” klubi, Qatar

2011 – yil  -  “Qatar SK” klubi, Qatar

2012 yil  –  “Emireyts” klubi, BAA

2012 - 2013 yillar  – “Bunyodkor” klubi, Toshkent shahri

2014 – 2016 yillar – “Lokomotiv” klubi, Toshkent shahri

2016 – 2017 yillar – “Qizilqum” klubi, Navoiy shahri

2017 yil, ikkinchi davradan – “Nasaf” klubi a'zosi

2007 – 2016 yillar -  O'zbekiston MTJ tarkibida - 47ta o'yin.

Yutuqlari: Besh karra futbol bo'yicha O'zbekiston chempioni, Besh marta O'zbekiston Kubogi sohibi, Bir marta futbol bo'yicha  Qatar chempioni.

 

Umarbek Eshmurodov

Tug'ilgan sanasi: 30 noyabr 1992 yil (24 yosh)

Tug'ilgan joyi: Koson tumani

Bo'yi: 185 sm

Og'irligi: 70 kg

Ampluasi: markaziy himoyachi

Raqami: 92

Fuqaroligi: O'zbekiston Respublikasi

O'ynagan klublari:

2012 – 2017 yillar – “Sho'rtan” klubi, G'uzor shahri

2017 yil, ikkinchi davradan – “Nasaf” klubi a'zosi

 

Marosimning rasmiy qismi nihoyasiga etgach, ishtirokchilar bilan savol-javoblar va muloqot bo'lib o'tdi. Marosimda ishitrok etgan jurnalistlar va futbol ishqibozlarining ko'plab savollariga klubimiz rahbari, jamoamiz ustozi va safimizga qo'shilgan yangi futbolchilarimiz javob berishdi.



 

Marosim yakunlangach o'zaro suhbat stadionda davom ettirildi. Muxlislarimiz  Jasur Hasanov va Umarbek Eshmurodovlar bilan esdalik uchun suratlarga ham tushishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz