"Nasaf": Vakillarimiz OFK seminarida ishtirok etishadi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017
Har yili yangi mavsum oldidan Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohi joylashgan Kuala Lumpur shahrida OCHL va OFK kubogida ishtirok etadigan jamoalar rahbarlari va mutasaddilari ishtirokida OFK elit seminari tashkil etiladi.

Bu yili ushbu anjuman  6-7 dekabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminarda ishtirok etish uchun “Nasaf” jamoasi delegaciyasi ayni paytda Malayziya poytaxtida bo'lib turishibdi.  Seminarda klub vakillari sifatida bosh menedjer SH.S.Yarulin va klub media menedjeri YU.Nabievlar ishtirok etishmoqda.

Ular shuningdek bugun bo'ladigan OCHL-2018 musobaqasiga qur'a tashlash marosimida ham ishtirok etishadi.

Seminarda  OFK mutaxassislari tomonidan Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining o'tgan yilgi yakunlari tahlil qilinib, yangi mavsumdagi reglamentdagi o'zgarishlar va bir qator boshqa masalalar bo'yicha maruzalar qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz