“Nasaf” takdimot marosimiga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2016, 10:50
“Nasaf” futbol klubi mavsumlar oralig'ida jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni ommaga rasman tanishtiradi.

Taqdimot marosimi ertaga, 20 fevral kuni soat 9:30 Qarshi Markaziy stadionida o'tkaziladi. Unda jamoamizning yangi futbolchilari – Sanjar Quvvatov, Ildar Mamatkazin, Saydulla Rahmatov, Dilshod Rahmatullaev va chernogoriyalik  Deyan Bolevich ishtirok etishadi. Shuningdek, jamoa bosh menejeri Shamil Yarulin va bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob qaytarishadi.
 
Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini ushbu tadbirga taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz