"Nasaf": Sharof Muhitdinovni tabriklaymiz!

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017
Bugun "Nasaf" klubining yosh va umidli o'yinchilaridan Sharof Muhitdinovning tavallud ayyomi kuni!

Iqtidorli yarim himoyachimiz bugun 20 yoshni qarshi oldi.

"Nasaf" PFK  rahbariyati, murabbiylari va futbolchilari nomidan shuningdek klubimizning barcha ishqibozlari nomidan Sharofning bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Futbolchimizga sihat salomatlik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Ertaga bo'ladigan “Livan”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, yurtimiz shanini munosib himoya qilishda, omad tilab qolamiz.

Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

"Nasaf" PFK jamoasi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz