"Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Surxon" futbolchilari OTJning Dohadagi yig'iniga chaqirildi!

Administrator
15 mar 2024, 23:59
Mahalliy klublarimizda o'ynayotgan bir necha futbolchilar Olimpiya terma jamoamizning Dohadagi yig'inlarga jalb qilinadi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, Alibek Davronov, Murodbek Rahmatov (ikkisi "Nasaf"), Jasur Jaloliddinov, Husayn Norchaev (ikkisi "Neftchi"), Vladimir Nazarov,  Behruz Asqarov, Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor") va Ulug'bek Hoshimov ("Surxon") OTJga chaqirildi. To'liq ro'yxat hali rasman e'lon qilinmagan.

Ma'lumot uchun,  O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia