“Nasaf” navbatdagi ikki uchrashuvni safarda o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2017, 11:33
Bu yilgi chempionat bahslarini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan, “Nasaf” jamoamiz navbatdagi ikki tur uchrashuvini safarda o'tkazadi.

Dastlab, 7 aprel kuni jamoa Olmaliq shahrining  “Olmaliq” jamoasi bilan uchrashuv o'tkazadi.

15 aprel shanba kuni esa, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv shubhasiz 6-turning markaziy uchrashuvi bo'ladi.

“Nasaf” 4-tur uchrashuvidan keyin qisqa muddatli tatilga chiqdi. Futbolchilar ertaga, 2 aprel kuni Qarshi shahridagi o'z qarorgohlarida yig'ilishadi va navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarliklarni boshlaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz