Nasaf matbuot xizmatining qur'aga munosabati qanday?

Narzulla Saydullayev
4 fev 2018, 13:07
Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha Toshkent shahridagi International mehmonxonasining anjumanlar zalida, 2018 yilgi superliga o'yinlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Anjuman yakunlangach, Superliga klublarida faoliyat yuritib kelayotgan matbuot kotiblarining fikrlari bilan qiziqdik.

- Aslida professional futbol klubi uchun, chempionatni qaysi jamoaga qarshi yoki qayerda boshlashining farqi bo'lmasligi kerak. Qur'aga ko'ra, "Nasaf" Superliga-2018ni safardagi uchrashuv bilan boshlaydigan bo'ldi. Bu uchrashuv shubhasiz qiziqarli va misli finaldek bo'ladi. O'tgan yilgi chempionatda muvaffaqiyatsiz qatnashgan farg'onaliklarning xarakatidan, bu yil yuqori o'rinlar uchun kurashishi ko'rinib turibdi.

Bu yilgi chempionatimiz, yangi formatda o'tkaziladi. Chempionat uchrashuvlarga boy bo'ladi. Futbolimiz rahbarlari ham bu yildan futbol ishqibozlarining xohish-istaklariga katta e'tibor qaratishmoqda. Bu albatta quvonarli hol. Bundan faqat futbol ishqibozlari yutishadi -deydi "Nasaf" matbuot xizmati rahbari Renat Ernazarov.

Renat Ernazarov suratda chapda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia