“Nasaf” ketma-ket ikkita uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2017, 12:34
O'zingizga ma'lum, FIFA kunlari va milliy terma jamoamiz o'yinlari tufayli Oliy ligamizda tanaffus vujudga keldi.

Milliy terma jamoamiz safiga uch nafar futbolchilarimiz jalb etilgani bois, 19-tur doirasidagi “So'g'diyona” bilan bo'ladigan uchrashuv boshqa kunga qoldirilgan edi.

Oliy ligamizning navbatdagi 20-tur uchrashuvlari 7-9 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

“Nasaf”  20 va 21-tur uchrashuvlarini o'z maydonida – “Markaziy” stadionda o'tkazadi. Klubimiz ishqibozlari ikkita qiziqarli uchrashuvga guvoh bo'lishlari kutilmoqda.

Demak, 8 sentyabr juma kuni “Nasaf” – “Olmaliq” jamoalari o'rtasida bahs bo'lib o'tadi. 16 sentyabr shanba kuni esa jamoamiz chempionat peshqadami – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz