"Nasaf": Futbolchilarimiz terma jamoaga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016, 17:44
Xabaringiz bor, shu yilning 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda U-20 terma jamoalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Qita birinchiligidan yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.
 
Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan mazkur yoshdagi terma jamoamiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yuzasidan navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishadi. Yig'ining dastlabki qismi 13-17 iyul kunlari Toshkentda bo'lib o'tsa, navbatdagi qismi 17-24 iyul kunlari Singapurda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Ushbu terma jamoaga jamoamiz asosiy tarkibidan 4 nafar futbolchi taklif etilgan. Bular, Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev, Sharof Muhitdinov va Umid Ergashevlardir.
 
Ushbu futbolchilar 25 iyul kuni yana klubimiz ixtiyoriga qaytib kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz