"Nasaf" yetakchisi qayerda o'ynashini bilmayapti

4 iyun 2018, 18:10
"Nasaf"ning chernogoriyalik hujumchisi Dragan Cheran unga "So'g'diyona" va "Paxtakor" jamoalaridan bo'layotgan qiziqishni tasdiqladi.

Dragan Cheran kelajagi borasida hozircha aniq bir to'xtamga kelmaganini aytdi.

"Qayerda o'ynayman? Bilmayman. Haligacha qaysi jamoa libosini kiyishimni hech kim bilmaydi. "Paxtakor" va "So'g'diyona"dan takliflar bo'layotgani rost. Tanaffusga qadar yana bir o'yin bor. O'shandan keyin kelajak rejalari haqida o'ylab ko'raman", - dedi Dragan Cheran.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia