"Nasaf" Azizjon G'anievga omad tiladi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2020, 19:29
"Nasaf" futbol klubining tajribali yarim himoyachisi Azizjon G'aniev Dubayning “Shabab Al Ahli” jamoasiga transfer qilindi.

O'zingizga ma'lum, “Shabab Al Ahli” OCHL doirasida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Azizjon G'aniev "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan buyon asosiy jamoamiz tarkibda harakat qilib kelayotgan edi. G'aniev jamoa bilan birga bir marta O'zbekiston Superkubogini, uch marta O'zbekiston chempionatining bronza va Bir marta kumush medallarini qo'lga kiritdi.

"Nasaf" futbol klubi rahbariyati, murabbiylari hamda jamoamizning sevimli muxlislari nomidan Azizjon G'anievga kelgusidagi faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!, - deb yoziladi "Nasaf" klubi rasmiy saytida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz