

"Napoli" klubi keyingi hafta YCHL nimchorak final bosqichida "Barselona"ga qarshi maydonga chiqadi. Jamoaning asosiy hujumchisi hisoblangan Viktor Osimxen ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. Ayni damda Osimxen o'zida noqulaylik sezmoqda. Hujumchi hali ham "Napoli" safiga qaytgani yo'q. Hozircha, uning "Barselona"ga qarshi birinchi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.
Ma'lumot uchun, "Barselona" va "Napoli" o'rtasidagi birinchi o'yin 21 fevral kuni o'tkaziladi. Ilk bahsda "Napoli" mezbon sifatida harakat qiladi.



