"Napoli" yarim himoyachisi Kalexon yozda "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 fev 2015, 11:18
"Napoli" yarim himoyachisi Xose Kalexon mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Yarim himoyachiga "Atletiko" qiziqib qolgan, "Napoli" esa o'z yetakchisi uchun 25 dan 30 mln evrogacha mablag' undirib olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik yarim himoyachisi 2013 yilda "Real"dan "Napoli" safiga qo'shilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com