"Napoli" Yevropaning top-5 ligalarida ochko yo'qotmagan yagona klub bo'lib turibdi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 01:17
"Napoli" A Seriyaning 7-turida "Fiorentina"ni mag'lub etdi (2:1).

PSJ "Renn"ga (0:2) mag'lub bo'lganidan so'ng Luchano Spaletti shogirdlari chempionatda ochko yo'qotmagan top-5 ligadagi yagona jamoa bo'lib qoldi. Neapolliklar Italiya chempionatining 7 uchrashuvida 21 ochko to'plagan.

Ushbu mavsumdagi barcha turnirlarda "Napoli" faqat Yevropa ligasida 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia