"Napoli" - Yevropa top-chempionatlarida ochko yo'qotmagan yagona klub

Alisher
18 okt 2021, 10:16
"Napoli" Italiya chempionati 8-tur doirasaida "Torino" (1:0)ni mag'lub etdi.

O'yindagi yagona gol 81-daqiqada Viktor Osimxen tomonidan urildi. Luchano Spalletti jamoasi sakkizta o'yinda sakkizta g'alabaga erishdi.

Neapolliklar yuz foizlik, aniqrog'i 24 ochko natija bilan A Seriya jadvalida yetakchilik qilishmoqda.

"Napoli" - top-5 Yevropa chempionlari orasida o'z ligasida ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Shu bilan birga jamoa Yevropa Ligasi doirasidagi dastlabki ikki turda umuman g'alaba qozonmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia