"Napoli" Everton uchun 25 million taklif qilishga tayyor

Alisher
18 may 2020, 15:20
"Napoli" "Gremio" o'yinchisi Evertonga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, neapolliklar "Gremio"ga braziliyalik futbolchi uchun 25 million evro taklif qilishga tayyor.

"Napoli" Evertonni Xose Kalexonning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Ispaniyalik futbolchi jamoadagi 7 yillik faoliyatidan so'ng "Valensiya" safiga o'tishi kutilmoqda.

"Gremio" ham koronavirus pandemiyasi tufayli bozor o'zgarganini tushunadi, shu sabab barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo