"Napoli" Anchelottining o'rniga 3 nomzodni o'rganmoqda

Alisher
9 dek 2019, 13:35
"Napoli" xo'jayinlari tez orada yomon natijalari tufayli Karlo Anchelottini iste'foga chiqarishmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, neapolliklar bosh murabbiylik uchun 3 nomzodni o'rganishmoqda.

"Napoli" Massimiliano Allegri ("Yuventus" sobiq bosh murabbiyi), Jennaro Gattuzo ("Milan" sobiq bosh murabbiyi) va jamoani oldin ham boshqargan Edoardo Reyelarni kuzatmoqda.

Klub A Seriyada 15 turdan so'ng 21 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato