Nani Monako bilan muzokara olib boryapti

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013, 12:04
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nani "Monako" bilan transfer borasida muzokaralar olib borishni boshladi.
Futbolchi shartnomasi 2014 yilgacha amalda bo'ladi. Shuning uchun "MYU" futbolchini sotishga tayyor. Nanini qo'lga kiritmoqchi bo'lganlar kamida 10 million evro to'lashi kerak bo'ladi.

Ammo Nanining "Monako" futbolchisiga aylanishiga u talab qilayotgan yiliga 7 million evrolik yuqori maosh halal berishi mumkin, deya xabar bermoqda L’Equipe.

Shuni ham takidlash kerakki, 26 yoshli futbolchiga "Inter" va "Anji" klublaridan ham qiziqish mavjud.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru