Nani MLS doirasidagi "Monreal"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi

Alisher
16 sen 2021, 10:01
"Orlando" "Monrel"ga qarshi MLS muntazam chempionati o'yinida kamchilik qoldi.

35-daqiqada jamoa sardori Nani ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi.

34 yoshli portugaliyalik futbolchi avvaliga 28-daqiqada qoidani buzdi va ogohlantirildi, so'ngra mudofaaga qaytish chog'ida raqibning oyog'iga tepdi va ikkinchi sariq kartochkani oldi.

Bu Nani uchun MLSdagi ikkinchi qizil kartochka. Oldinroq u 2020 yilda "Kolambus"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia