

"Hech kim "Oltin to'p"ga Robert Levandovskichalik haqli emas", – dedi myunxenliklar ustozi Yulian Nagelsmann.
"Levandovski yutishi kerak. Nuqta. U ushbu mukofotga loyiq. Uning Polsha terma jamoasi bilan nima qilayotganiga qarang – bu haqiqiy top-klubda o'ynashdan ham qiyinroq. Aytishim kerakki, dunyoning hech bir futbolchisi individual jihatdan undan yaxshiroq o'ynamadi", – dedi "Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller.
Mukofotni topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parijning Shatle teatrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p" 2020 yilda tarixda ilk bor COVID-19 pandemiyasi tufayli topshirilmagan edi.



