

35 yoshli mutaxassis “Tottenxem”ni boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. U Antonio Kontedan keyin vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajaradigan Kristian Stellinining o'rnini egallashi kutilmoqda.
Angliya chempionati joriy mavsumida “shporlar” 28 o'yindan keyin turnir jadvalida 49 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Avvalroq, Nagelsmann “Real”da shartnomasi yakunlanayotgan Karlo Anchelottining o'rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.



