Nagelsmann "Bavariya"ning omadsiz uchrashuvidan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
18 sen 2022, 00:55
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoaning Germaniya chempionatidagi ketma-ket yo'qotilgan ochkoli o'yinlaridan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu tendenciyaning davom etayotgani yaxshi holat emas. Ko'p narsalar o'zgarishi kerak. O'ylashga harakat qilyapman, bu esa ishning qanday davom etishini belgilab beradi. Barcha haqida o'ylayapman: o'zim, atrofda nimalar bo'layotgani. Hammasini to'g'ri taxlil qilib, tashxis qo'ya olishim kerak. Barchasiga!", - dedi murabbiy.

Bundesligadagi mo'nggi uchrashuvida mag'lub bo'lgan "Bavariya" bunga qadar uch uchrashuvda durang qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal