Nacho Real Madridni nima sababdan tark etganini tushuntirdi

Khoja
28 iyun 2024
Real Madrid sobiq sardori Nacho nima sababdan madridliklar bilan xayrlashganini tushuntirib berdi.

Bu hayotimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. Bunday qarorni uzoq o'ylab keyin qabul qildim.

Bir necha oy oldin klubni tark etishim haqida rahbariyatga ma'lum qilgandim. Ha, jamoada yana bir mavsum qolish imkoniyatim bor edi, ammo barchasini yaxshi notada tugatib, yangi sarguzashtni xohladim. Barchasi shunaqa chiroyli yakunlanishini tasavvur ham qilmaganman. 

Madridda meni yaxshi xotiralar bilan eslashlari uchun faoliyatim davomida borimni berdim. Endi esa jamoani xotirjamlik bilan tark etdim. Barchadan minnatdorman, - dedi Nacho.


KhojaMuallif
Manba: championat.com