Nacho Benzemaning ketishi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2023, 20:30
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes hujumchi Karim Benzemaning jamoadan ketgani haqida gapirdi.

"U bizga hech nima demagandi va biz ham Sizlar kabi uning ketishiga shubxa bilan qaragandik. U jamoadagi biror futbolchiga qarorini aytmagandi. Shu sababli shubhamiz bor edi. Keyin "Real" rasmiy ma'lumot bilan chiqdi va biz ham o'shandagina bildik. U juda odamovi odam, shu sababli kiyim almashtirish xonasida barchamizni yig'gani ham yo'q. Barcha ishni indamay bajarib ketaveradi. Karimni yaxshi bilaman. Uning bunday ketishini istamagandim", - dedi futbolchi.

Benzema erkin agent sifatida "Real"dan ketdi va Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca